Turfirmalar uchun CRM

Turlar, buyurtmalar va mijozlar — bitta tizimda

Ufq Business turfirmaning kundalik ishini bir joyga yig‘adi: turlarni joylaysiz, o‘rinlarni kuzatasiz, buyurtmalarni rasmiylashtirasiz va har bir mijoz tarixini saqlaysiz. Nashr qilingan turlar Ufq marketplace’ida sayohatchilarga ko‘rinadi.

  • Interfeys: o‘zbek, rus, ingliz
  • Narxlar: so‘m, dollar, yevro
  • Yangi agentlik 14 kunlik bepul sinov bilan boshlaydi
BoshqaruvNamuna
Ufq Business ko‘rinishi — namuna ma’lumotlar

Nega Ufq Business

Excel, daftar va chatlar o‘rniga — bitta ish joyi

  • Odatda

    O‘rinlar Excel yoki daftarda sanaladi

    Ufq Business’da

    Har jo‘nashning sig‘imi va bo‘sh o‘rinlari avtomatik hisoblanadi — bir o‘rin ikki marta sotilmaydi.

  • Odatda

    Mijozlar Telegram chatlarida yo‘qolib ketadi

    Ufq Business’da

    Har mijozning kartochkasi bor: telefon, buyurtmalar, izohlar, manba va mas’ul menejer.

  • Odatda

    Narxni har menejer o‘zicha hisoblaydi

    Ufq Business’da

    Chegirma chegarasi, xizmat haqi va komissiya qoidalari bitta joyda belgilanadi.

  • Odatda

    Hisobot oy oxirida qo‘lda yig‘iladi

    Ufq Business’da

    Sotuv, to‘lovlar va bandlik tayyor hisobotda — har valyuta alohida.

Imkoniyatlar

Tur e’lonidan safar yakunigacha

Turfirma ishining har bosqichi bitta joyda: tur, jo‘nash, buyurtma, to‘lov va mijoz.

  1. E’lon
  2. Tur
  3. Jo‘nash
  4. Buyurtma
  5. To‘lov
  6. Safar

Turlar

Telegram’dagi e’loningizdan — tayyor tur sahifasi

Paket shablonini tanlaysiz va e’lon matnini joylaysiz. «Kiritilgan» va «kiritilmagan» ro‘yxatlari ✅, • va tire belgilaridan tozalanib, alohida bandlarga ajraladi.

  • Beshta shablon: dam olish, guruhli tur, Umra va ziyorat, kombinatsiyalangan tur, oddiy paket
  • Mehmonxona yoki xona turi bo‘yicha narx variantlari; katalogda eng arzon narx ko‘rsatiladi
  • Narx so‘m, dollar yoki yevroda; tavsif o‘zbek, rus va ingliz tillarida
  • Nashrdan oldin tekshiruv: matn, rasm yoki sana yetishmasa, nima qolgani ko‘rsatiladi
Umra — Makka va MadinaNamuna
Ufq Business ko‘rinishi — namuna ma’lumotlar

Jo‘nashlar va buyurtmalar

O‘rinlar nazoratda, hisob-kitob aniq

Har jo‘nash uchun sig‘im belgilaysiz. Buyurtma rasmiylashtirilayotganda o‘rin vaqtincha band qilinadi — ikki menejer bitta o‘rinni sota olmaydi.

  • Summa tarkibi oldindan: asosiy narx, chegirma, xizmat haqi, jami va komissiya
  • Buyurtma holati: to‘lov kutilmoqda → to‘langan → tasdiqlangan → yakunlangan
  • Naqd, karta yoki bank o‘tkazmasi chek raqami bilan qayd etiladi
  • Bekor qilish va pul qaytarish alohida kuzatiladi
Buyurtma hisobiNamuna
Ufq Business ko‘rinishi — namuna ma’lumotlar

Mijozlar

Har bir mijoz — o‘z tarixi bilan

Mijoz telefon raqami bo‘yicha bitta kartochkada saqlanadi: barcha buyurtmalari, to‘lovlari va jamoa izohlari bilan.

  • Manba, bosqich, teglar va mas’ul menejer
  • Tezkor filtrlar: qaytib kelganlar, safari borlar, to‘lamaganlar
  • Mavjud bazani CSV fayldan import qilish — bor raqamlar takrorlanmaydi
  • Xabar va hujjat shablonlari: mijoz, tur va summa avtomatik qo‘yiladi
Aziz RahimovNamuna
Ufq Business ko‘rinishi — namuna ma’lumotlar

Kundalik ish uchun yana

  • Hisobotlar

    Sotuv va to‘lovlar har valyuta bo‘yicha, konversiya va keyingi 30 kunlik bandlik. CSV eksport.

  • Xabarnomalar

    Yangi buyurtma, to‘lov muddati va safar eslatmalari — Ufq Business ichida.

  • Jamoa va rollar

    Ega, administrator, menejer va agent — har biri faqat o‘z vakolatidagi bo‘limlarni ko‘radi.

  • Integratsiyalar

    Buyurtma hodisalarini webhook orqali o‘z tizimingizga imzolangan holda yuboring.

  • Boshqaruv paneli

    Oy sotuvi, buyurtmalar, band o‘rinlar va yaqin jo‘nashlar — tizimga kirishingiz bilan.

  • Faoliyat tarixi

    Muhim o‘zgarishni kim va qachon qilgani yozib boriladi.

Ufq Business ko‘rinishi — namuna ma’lumotlar. Ayrim imkoniyatlar tarifga bog‘liq. Tariflarni solishtirish →

Ufq marketplace

Turlaringiz sayohatchilarga ko‘rinadi

Nashr qilingan har bir tur Ufq katalogiga tushadi. Sayohatchi yo‘nalish, sana va narx bo‘yicha qidiradi, bo‘sh o‘rinlarni ko‘radi va siz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi.

  • Agentlik sahifasi: logotip, galereya, manzil va xarita, telefon, Telegram va to‘lov rekvizitlari
  • Bo‘sh o‘rinlar Ufq Business’dagi buyurtmalardan hisoblanadi — saytni qo‘lda yangilash shart emas
  • To‘lov saytda olinmaydi: mijoz to‘g‘ridan-to‘g‘ri sizga to‘laydi
Katalogni ko‘rish
Ufq marketplaceNamuna
Ufq Business ko‘rinishi — namuna ma’lumotlar

Ulanish

Uch qadamda ishga tushasiz

  1. 1

    Ariza qoldiring

    Agentlik nomi, egasining ismi va emailini yuboring — agentligingizni biz ulaymiz.

  2. 2

    Agentlikni faollashtiring

    Emailingizga 6 xonali kod keladi. Kodni kiritib, parolni o‘zingiz belgilaysiz.

  3. 3

    Birinchi turni joylang

    Paket, rasmlar va sanalarni qo‘shing. Nashr qilingan tur marketplace’da ko‘rinadi.

Tariflar

Agentligingiz hajmiga mos tarif

Har bir tarif 14 kunlik bepul sinov bilan boshlanadi. Xodim, filial va modullarni kerakicha qo‘shing — narx shu zahoti qayta hisoblanadi.

To‘lov muddati
Tarif
SoloJamoasiz, o‘zi ishlaydigan agent uchun
Standart3 tagacha xodimli kichik agentlik uchun
Tavsiya etiladi
ProfessionalO‘sayotgan, hisobotga tayanadigan agentlik uchun
BiznesKo‘p filialli katta agentlik uchun
125 000UZS / oyiga118 750UZS / oyiga3 oy uchun 356 250 UZS100 000UZS / oyiga1 yil uchun 1 200 000 UZSBoshlash14 kunlik bepul sinov359 000UZS / oyiga341 050UZS / oyiga3 oy uchun 1 023 150 UZS287 200UZS / oyiga1 yil uchun 3 446 400 UZSBoshlash14 kunlik bepul sinov699 000UZS / oyiga664 050UZS / oyiga3 oy uchun 1 992 150 UZS559 200UZS / oyiga1 yil uchun 6 710 400 UZSBoshlash14 kunlik bepul sinov1 199 000UZS / oyiga1 139 050UZS / oyiga3 oy uchun 3 417 150 UZS959 200UZS / oyiga1 yil uchun 11 510 400 UZSBoshlash14 kunlik bepul sinov
Jamoa
XodimlarFoydalanuvchi akkauntlari
1
3
6
10
FiliallarBosh ofis bilan birga
1
1
2
4
Sotuv
Marketplace’dagi turlarBir vaqtda nashrda
20
100
Cheksiz
Cheksiz
Buyurtma va to‘lovlarJoy, qarz, qaytarish
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
Marketplace’da sotishTurlaringiz katalogda
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
Modullar
CRMBosqich, manba, teglar
Bu tarifda yo‘q
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
HisobotlarTushum, qarzdorlik, eksport
Bu tarifda yo‘q
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
ShablonlarXabar va hujjat matnlari
Bu tarifda yo‘q
Tarifga kiradi
Tarifga kiradi
API va webhooklarTashqi tizimlar bilan bog‘lash
Bu tarifda yo‘q
Bu tarifda yo‘q
Tarifga kiradi
  • Oylik, 3 oylik yoki yillik to‘lov
  • Hisob-faktura bo‘yicha bank o‘tkazmasi
  • Avtomatik pul yechilmaydi

Tarif Ufq Business’dagi «Tarif va obuna» bo‘limidan ulanadi: to‘lov hisob-faktura bo‘yicha, tarif administrator tasdiqlagach faollashadi. Sinov tugasa ma’lumotlaringiz saqlanadi — to‘laguningizcha faqat ko‘rish uchun ochiq turadi.

Xavfsizlik

Ma’lumotlaringiz nazoratingizda

  • Agentliklar bir-biridan ajratilgan

    Har agentlik ma’lumoti alohida — boshqa agentlik uni ko‘rmaydi.

  • Rolga qarab ruxsat

    Agent sotuv bilan ishlaydi. Tarif va to‘lov rekvizitlarini faqat ega, jamoani ega va administrator boshqaradi.

  • Sessiyalar nazorati

    Qaysi qurilmalardan kirilganini ko‘rasiz va keraksiz sessiyani tugatasiz.

  • Ma’lumot sizniki

    Mijozlar, buyurtmalar va hisobotni istalgan vaqtda CSV faylga eksport qilasiz.

Jamoa va rollarNamuna
Ufq Business ko‘rinishi — namuna ma’lumotlar

Savollar

Ko‘p beriladigan savollar

Mijozlar saytda o‘zi buyurtma qila oladimi?

Hozircha yo‘q. Sayohatchi turingizni ko‘rib, siz bilan telefon yoki Telegram orqali bog‘lanadi. Buyurtmani Ufq Business’da siz yoki menejeringiz rasmiylashtiradi.

Onlayn to‘lov qabul qilsa bo‘ladimi?

Onlayn to‘lov hozircha ulanmagan. Mijoz to‘lovini — naqd, karta yoki bank o‘tkazmasini — Ufq Business’da qayd etasiz, buyurtma holati va hisobotlar shunga qarab yangilanadi.

Mavjud mijozlar bazasini ko‘chirsa bo‘ladimi?

Ha. Mijozlar CSV fayldan import qilinadi: avval natijani ko‘rib chiqasiz, bazada bor telefon raqamlari qayta yaratilmaydi.

Telefondan ishlasa bo‘ladimi?

Ha, Ufq Business telefon brauzerida ham to‘liq ishlaydi — alohida ilova o‘rnatish shart emas.

Qaysi tillar va valyutalar qo‘llanadi?

Ufq Business o‘zbek, rus va ingliz tillarida. Tur narxi so‘m, dollar yoki yevroda bo‘lishi mumkin; hisobotlarda turli valyutalar bir-biriga qo‘shilmaydi.

Xodimlar hamma narsani ko‘radimi?

Yo‘q. To‘rtta rol bor: ega, administrator, menejer va agent. Masalan, agent tur yaratmaydi va buyurtmani bekor qilmaydi — u mijozlar bilan ishlaydi va yangi buyurtma ochadi.

Ufq Business — turfirmalar uchun CRM